Scroll to top

O'zbekiston avtomobilsozligi tarixi bo'limi

O‘zbekiston avtomobilsozligining yo‘lga qo‘yilishi mamlakatimiz tarixida yorqin sahifa ochdi.

Muzey ekspozitsiyasi o‘zbek avtosanoatining ahamiyatga molik barcha jihatlarini aks ettiradi! Siz bu yerda «O‘zavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxonalar maydoni, sexlarning joylashuvi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ko‘plab ma’lumфotlar olishingiz mumkin. Turli yillar mobaynida «UzAvto Motors» konveyyeridan chiqqan birinchi o‘zbek avtomobillari faqatgina bizning muzeyda taqdim etiladi. Ular orasida kapotiga birinchi prezident Islom Karimov imzolari qo`yilgan mashinalar alohida o‘rin tutadi.

Avtomobil yig‘ish uchun qancha jamlovchi detal kerak bo‘lishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Avtomobilsozlikdan uzoq bo‘lgan odam uchun bu savolga javob topish qiyinroq. «Spark avtokomponentlari» ekspozitsiyasi avtomobil yig‘ish uchun zarur bo‘lgan barcha bosqichlarni namoyish etadi.

«O‘zbekiston avtomobilsozligi tarixi» bo‘limiga taqdim etilgan noyob

3D Mapping shou «Spark» ishlab chiqariladigan ranglar spektrlarini, uning dinamik xususiyatlari va ishonchliligini aks ettiradi. Tarixiy shaharlarni bo‘ylab minglab kilometr masofani bosib o‘tish asnosida avtomobil o‘z tashqi ko‘rinishini ham o‘zgartirib boradi. Ushbu 3D Mapping shou xam tashrif buyuruvchilarning eng sevimli sohularidan biri hisoblanadi.

Kinetik sharlar skulpturasi bugungi kunda eng ommabop san’at turlaridan biri sanaladi. Ekspozitsiyadagi kinetik sharlar installyatsiyasi Markaziy Osiyo mintaqasida yagona xisoblangan ushbu murakkab ishlanma hisoblanadi.

Bu xali xammasi emas, “UzAvto Motors”ning Asaka va Xorazmdagi avtomobil zavodining maketi, “Samarqand Avtomobil zavodi”ning maketi, “Uz Truck&Bus Motors” zavodining maketi, “UzAvto Powertrain” motor zavodinig maketi ham tanishishingiz mumkin.