Scroll to top

24-fevral Toshkent Politexnika muzeyida alohida o'zgacha kun hisoblanadi.

24-fevral Toshkent Politexnika muzeyida alohida o'zgacha kun hisoblanadi. Bu kuni an’anaviy ravishda yosh ixtirochilar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Yildan-yilga yurtimizda robototexnika qanday rivojlanayotganini, ishlanmalar esa tobora murakkab va xilma-xil bo‘lib borayotganini kuzatishimiz mumkin. Bu esa yoshlarda texnika va zamonaviy texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishning ortib borayotganidan dalolat beradi. Bu holat, albatta, bizni quvontiradi, chunki yoshlarni texnik ijodkorlikka jalb qilish, iste’dodli yoshlarni jamiyat e’tiboriga havola etish bizning muzeyimizning asosiy vazifalaridan biridir.
Ko‘rgazmada qiziqarli va turli innovatsion loyihalar namoyish etildi. 50 dan ortiq ishtirokchilar o‘zlarining 70 ta ishlanmasini taqdim etib, tashrif buyuruvchilarga ishtiyoq bilan namoyish qildilar. Tadbirda Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti talabalari, Toshkent shahridagi "Barkamol avlod" bolalar maktabi o‘quvchilari, ISFT instituti hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent Texnika Universiteti vakillari ishtirok etdilar.